Nashr etikasi va maxfiylik bayonoti
Jurnal tahririyati nashriyot etikasining xalqaro tamoyillari (COPE) talablariga qat'iy rioya qiladi. Mualliflar, taqrizchilar va tahririyat a'zolari o‘rtasidagi barcha munosabatlar xolislik, oshkoralik va ilmiy halollik asosida quriladi.
Saytda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning ismlari, elektron pochta manzillari va boshqa shaxsiy ma'lumotlari faqat ushbu jurnalning nashriyot jarayonlari uchun foydalaniladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Ilmiy natijalarning ishonchliligi va halollik
Jurnalda chop etiladigan maqolalardagi barcha ma'lumotlar, jadvallar va illyustratsiyalar haqiqiy ilmiy asoslarga ega bo‘lishi shart. Har qanday soxtalashtirish (falsifikatsiya) yoki ilmiy dalillarni manipulyatsiya qilish qat'iyan man etiladi.
Plagiatga qarshi kurashish va mualliflik huquqi
Barcha qo‘lyozmalar «Antiplagiat» dasturi orqali dastlabki tekshiruvdan o‘tkaziladi. Boshqa mualliflarning g‘oyalari, matnlari yoki jadvallaridan foydalanilganda tegishli manbalarga to‘liq bibliografik havola berilishi shart.
Apellatsiya va shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi
Agar muallif taqrizlash jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi yoki professional etika buzilganligini aniqlasa, Jurnal Bosh muharririga (science@karsu.uz) yozma apellatsiya yuborishi mumkin. Apellatsiyalar 1 oy muddatda mustaqil ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.