Aholi nikoh va oilaviy tarkibining geodemografik vaziyatga ta’siri

G.A. Xodjaeva
B.X. Maxmudov
Sh. O Xalmuradov

Annotatsiya

lanadi. Demak, yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki Andijon viloyatida 2010–2024 yillarda birinchi nikohga kirish yoshi oshgan. Erkaklar ayollarga nisbatan kechroq turmush qurmoqda. Shahar hududlarida nikoh yoshi qishloq hududlariga qaraganda yuqoriroq. Xonobod shahri va Oltinko‘l tumanida eng yuqori nikoh yoshi qayd etilgan. Nikoh yoshining oshishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim darajasi o‘sayotganini ko‘rsatadi. Andijon viloyatida ayollarning birinchi farzand ko‘rish yoshi 2025-yilda o‘rtacha 23,8 yoshni tashkil etib, protegenetik interval (nikohga kirgandan birinchi farzand ko’rguncha bo‘lgan davr) 1,1 yoshga to‘g‘ri keldi (3-jadval). 3-jadval. Andijon viloyatida ayollarning nikohga kirish va birinchi farzand ko‘rish yoshi Yillar 2010 2025 Ayollarning o’rtacha nikohga kirish yoshi 21,9 22,3 O’rtacha birinchi farzand ko’rish yoshi 23,1 23,4 Protegenetik interval 1,2 1,1 Jadval Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 20 yoshgacha ayollarda tug‘ilgan bolalar soni 52 mingtani tashkil etgan holda ushbu ko‘rsatkich, Andijon viloyatiga 5,7 mingta to‘g‘ri keladi. Eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand, eng pasti esa Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keladi. 4-jadval. Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti Hududlar Jami Shahar Qishloq 2010 2024 2010 2024 2010 2024 O‘zbekiston Respublikasi 2,34 3,35 2,08 3,23 2,62 3,47 Andijon viloyati 2,47 3,52 2,26 3,48 2,71 3,58 Jadval Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti ya’ni bir ayolga to‘g‘ri keladigan bolalar soni 2010- yilda 2,34 ga, 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich 3,35 ga yetgan. Demak, respublika bo‘yicha tug‘ilish darajasi oshgan va oilalarda farzandlar soni ko‘payish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2010–2024 yillarda tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti ham respublika, ham Andijon viloyatida oshgan. Andijon viloyatidagi ko‘rsatkichlar barcha yo‘nalishlarda respublika o‘rtachasidan yuqori. Qishloq aholisi orasida tug‘ilish darajasi shaharga qaraganda yuqoriroq saqlanib qolgan. 2024-yilda Andijon viloyati qishloq aholisi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan - 3,58. Bu holat viloyatda demografik o‘sish sur’ati yuqoriligini ko‘rsatadi. 2010-2025 yillar davomida ajralishlar soni qariyb 3,6 baravar oshgan. Bu oilaviy munosabatlarda muammolar kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. Ajralishlar sonining oshishiga iqtisodiy qiyinchiliklar, migratsiya, oilaviy kelishmovchiliklar, yoshlarning mustaqil qaror qabul qilishi, ayollarning ijtimoiy faolligi ortishi kabi omillar ta’sir qilgan. Viloyatda eng yuqori ajralish ko‘rsatkichi Andijon shahriga (869ta) to‘g‘ri keladi. Shaharlarda urbanizatsiya va turmush tarzi o‘zgarishlari oilaviy barqarorlikka ta’sir qilishi olimlar tomonidan aniqlangan. Asaka, Andijon, Izboskan va Shahrixon tumanlarida ham ajralishlar soni sezilarli oshgan. Eng past ko‘rsatkichlar Xonobod shahri va Ulug‘nor tumanida qay etilgan. Bu hududlarda ajralishlar soni boshqa hududlarga nisbatan pastroq saqlanib qolgan. Demak, yuqoridagi jadval ma’lumotlari Andijon viloyatida oilaviy ajralishlar soni ortib borayotganini ko‘rsatadi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Andijon shahri, Asaka, Andijon va Izboskan tumanlarida kuzatilgan. Shaharlarda ajralish darajasi qishloq hududlariga nisbatan yuqoriroq. Ajralishlarning oshishi jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Oilalarni mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va psixologik maslahat xizmatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab- quvvatlash va nikoh barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirishni talab qiladi. Andijon viloyatida nikohdan ajralishlarning 57,7 foizi shahar joylarga (2,9 ming) 42,3 foizi qishloq joylariga (2,1 ming) to’g’ri kelgan. Ajralishlar soni 2010 va 2025-yillarda Andijon viloyati hududlari bo‘yicha shahar va qishloq aholisi kesimida ham shaharlarda, ham qishloqlarda sezilarli oshganini ko‘rsatadi. Shaharlarda 2010-yil 856 ta, 2025-yil 2873 ta, qishloqlarda 2010-yil 512 ta, 2025-yil 2108 ta ajralishlar qayd etilgan. Ko‘rinib turibdiki, shaharlarda ajralishlar soni yuqoriroq, ammo qishloq hududlarida ham keskin o‘sish kuzatilgan. Bu oilaviy munosabatlardagi muammolar nafaqat shaharlarda, balki qishloq joylarda ham kuchayib borayotganini bildiradi. Viloyatdagi eng yuqori ajralish ko‘rsatkichi Andijon shahriga to‘g‘ri keladi. Bunga urbanizatsiya, hayot sur’atining tezlashuvi, iqtisodiy bosim, mustaqil turmush tarzining kuchayishi ta’sir qilgan. Andijon, Marhamat, Asaka, Oltinko‘l tumanlarida ham shaharlardagi ajralishlar soni sezilarli oshgan. Qishloqlardagi eng yuqori ko‘rsatkichlar Asaka, Izboskan, Shahrixon, Baliqchi hududlarda qishloq aholisi orasida ajralishlar soni ancha ko‘paygan. Bu holat tashqi migratsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar, oilaviy kelishmovchiliklar, an’anaviy oilaviy munosabatlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Demak, Andijon viloyatida 2010–2025 yillarda ajralishlar soni barcha hududlarda oshgan. Shaharlarda ajralishlar qishloqlarga qaraganda yuqoriroq bo‘lsa-da, qishloqlarda ham o‘sish sur’ati kuchli. Eng katta o‘sish Andijon shahri, Asaka, Izboskan va Shahrixon hududlarida kuzatilgan. Qishloq hududlarida oilaviy ajralishlarning ko‘payishi an’anaviy oilaviy munosabatlarda ham o‘zgarish bo‘layotganini ko‘rsatadi. Xulosa va takliflar. XX asr boshlarida Andijon viloyatida nikoh darajasi past, tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi esa sust bo‘lib, ayniqsa ayollar va bolalarning sog‘lig‘i yetarli darajada ta’minlanmagan. Bu holat aholining tabiiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yuqori tug‘ilish va o‘lim sur’atlariga, natijada past tabiiy o‘sishga olib kelgan. So‘nggi yillarda Andijon viloyatida nikoh va ajralish ko‘rsatkichlari o‘zgarib bormoqda. 2010-2025 yillar oralig‘ida nikohlar soni kamaygani kuzatilgan, ayniqsa 2025-yilda keskin pasayish mavjud. Bunda yoshlarning kechroq turmush qurishi, iqtisodiy omillar, migratsiya va ijtimoiy qarashlarning o‘zgarishi ahamiyatga ega. Nikohlarning hududiy taqsimlanishida qishloq hududlari ustun bo‘lib, shaharlarda nikohlar soni kamaygan. Qishloqlarda esa an’anaviy oilaviy qadriyatlarning saqlanib qolishi sababli nikohlar ko‘proq qayd etilmoqda. Umuman olganda, Andijon viloyatida oilaviy va nikoh jarayonlari, shuningdek ajralishlar demografik vaziyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdek, hududiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar aholi demografiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tahlillar hududning demografik kelajagini rejalashtirish va samarali demografik siyosat olib borishda muhimdir. ADABIYOTLAR 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. https://lex.uz/docs/-6600413#-6605157 2. Abduvaliyev X.A. Oʻzbekistonda aholi manzilgohlarini hududiy tashkil etilishini takomillashtirishning geografik jihatlari. Geogr. fan. dok. Ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoref. Samarqand, 2025. - 48 b 3. Qosimov X.S. Andijon viloyati shaharlari rivojlanishining iqtisodiy-geografik jihatlari. Geog. fan. boʻy. falfasa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoref. - Nukus, 2025. - 48 b 4. Soliyev A.S. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot: tanlangan asarlar. Monografiya. –Toshkent: “Kamalak”. 2013. 5. Temirov Z.A. Fargʻona vodiysi viloyatlarida demografik jarayonlar rivojlanishining hududiy xususiyatlari. Geog. fan. boʻy. falfasa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoref.-T., 2022 6. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2 O’zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi Aholi nikoh va oilaviy tarkibining geodemografik vaziyatga ta’siri

Aholi nikoh va oilaviy tarkibining geodemografik vaziyatga ta’siri
Nashr qilingan: 22.06.2026
Sahifalar: 69-72
Til: O'zbekcha
Nashr: 2026/2
Bo'lim: Kimyo. Biologiya. Geografiya
Ko'rishlar soni: 0
Yuklashlar soni: 0
ULASHISH

Qanday iqtibos keltirish kerak

G.A. Xodjaeva, B.X. Maxmudov, Sh. O Xalmuradov (2026). Aholi nikoh va oilaviy tarkibining geodemografik vaziyatga ta’siri. BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETINING AXBOROTNOMASI, 2026/2, 69-72.
QR kod orqali ochish
QR